“Parrandaçilik sohasini yanada qöllab-quvvatlaş, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperatsiya tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Kooperatsiya tizimiga asoslangan “Agroparranda klasteri” loyihasi amalga oşiriladi.

2030 yil 1 yanvargaça parrandaçilik mahsulotlari işlab çiqaruvçi tadbirkorlik sub’yektlari yuridik şaxslardan olinadigan yer soliğini (ekin maydonlaridan taşqari) tölaşdan ozod etiladi.

2024 yil 1 iyuldan parranda göştini (TIF TN kodi 0207) eksport qilişda mavjud barça çeklovlar bekor qilinadi.

2024 yil 1 oktyabrdan yangi söyilgan, sovitilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi göşti va qöşimça ozuqabop mahsulotlari (butun göşt, qanot, bel, böyin, okoroçok, golen, son, qiyma va teri) Özbekiston hududiga olib kirişda belgilangan bojxona boji böyiça berilgan imtiyoz bekor qilinadi.