Quyoşda qolgan 6 turdagi plastik suv idişlari Jinan universitetining Guangdong laboratoriyasi tomonidan örganib çiqildi. Ularning barçasidan ultrabinafşa nurlanişi va issiqlik ta’sirida çiqadigan alkan, alken, spirt, aldegid, kislota va kanserogenlar kabi zararli kimyoviy moddalar topilgan.
Tadqiqotda ultrabinafşa va quyoş nurlanişida çiqariladigan moddalarning turlari va zararlari çuqur örganilgan. Laboratoriyaning yetakçi tadqiqotçisi Doktor Huase Ouning ta’kidlaşiça, bunday idişlardan tez-tez foydalaniş xavfli ösmalarga olib kelişi mumkin. “Tadqiqotimiz plastik suv idişlari quyoş nuri ta’sirida soğliq uçun xavf tuğdiruvçi zaharli birikmalarni çiqarişi haqida işonçli dalillar beradi. Iste’molçilar bu xavflardan xabardor bölişlari kerak”, – dedi u.
Tadqiqotçilar içimlik suv xavfsizligini kafolatlaş uçun saqlaş şaroitlarini jiddiy nazoratga oliş va inson salomatligiga zarar yetkazmaydigan materiallar ustida işlaş kerakligini tavsiya qilyapti.

















