Samarqand şahrida maşina yuviş şoxobçasida işlovçi yigit mijozning qimmat maşinasini boşqarib yöl-transport hodisasi sodir etgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 20 iyun kuni soat 17:00 larda sodir bölgan.
Maşina yuviş şoxobçasi işçisi mijozning qimmatbaho ZEEKR 001 rusumli avtomobilini özboşimçalik bilan boşqarib çiqib YTH sodir etgan.
Oqibatda ZEEKR 001, Kia Bongo kiçik yuk maşinasi va Lasetti şikastlangan. Hodisada heç kim tan jarohati olmagan va halok bölmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa qanday yuz bergani tasvirlangan video tarqaldi. Unda “moykaçi” yigit qimmat maşinani boşqarib ketayotib yölni kesib ötayotgan piyodani urib yuborişiga bir baxya qolganini köriş mumkin.
Yigit Samarqand şahridagi Özbekiston köçasida maşina boşqaruvini yöqotgan. Şunda ZEEKR 001 yöl çetida töxtab turgan Kia Bongo kiçik yuk maşinasiga urilgan.
Kuçli zarba tufayli Kia Bongo özidan oldinda turgan Lacetti'ning orqasidan urgan. Oqibatda har uçala maşina şikastlangan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Samarqand şahri böyiça IIO FMB JXX YHXB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
“Barça haydovçilardan yöllarda harakatlanganda yöl harakati qoidalariga amal qilgan holda avtomaşinasini boşqarişlarini sörab qolamiz”, deyiladi xabarda.












