Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28 iyun kuni Turkiyaning Cengiz Holding kompaniyasi raisi Mehmet Jyengiz va Kalyon Holding kompaniyasi raisi Jyemal Kalyonju boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş, şu jumladan, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantiriş va modernizatsiya qiliş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.

Prezidentning yaqinda Anqaraga taşrifi davomida bölib ötgan Özbekiston-Turkiya Işbilarmonlar kengaşi yiğilişining yakunlari qayd etildi. Erişilgan kelişuvlar ijrosini jadallaştiriş zarurligi ta’kidlandi.

Kompaniyalar tomonidan istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş rejalari muhokama qilindi.

Yöl infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va quriş, «yaşil» energetika quvvatlarini barpo etiş, qöşma geologik tadqiqotlar ötkaziş va istiqbolli konlarni özlaştiriş loyihalari şular jumlasidan.

Cengiz Holding iştirokida Özbekistonda ikkita loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi – Toşkent va Sirdaryo viloyatlarida umumiy quvvati 460 megavattli zamonaviy elektr stansiyalar işga tuşirildi. Bundan taşqari, Jizzax viloyatida quvvati 500 megavattdan ziyod bölgan yana bir elektr stansiya qurilişi davom etmoqda.