Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida yuk avtomobili va avtobus iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa bugun, 28 iyun kuni soat 12:30 larda yuz bergan.
Ma’lum qilinişiça, M-34 avtomobil yölining Sirdaryo tumanidan ötuvçi, Termiz-Toşkent yönalişida Isuzu yuk maşinasi yölning öng tomonida yölovçilarni tuşiriş uçun töxtab turgan Isuzu avtobusining orqa qismidan kelib urgan. Öşa paytda avtobus içida 14 nafar yölovçi bölgan.
Oqibatda, avtobus ağdarilib ketgan va salonida bölgan bir nafar yölovçi jarohat olib, Sirdaryo tuman tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgan.
Qayd etilişiça, hozirda Sirdaryo tumani IIB xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Barça haydovçilardan tezlikni oşirmay oraliq masofani saqlaşlarini hamda çarçoq va uyqu kelganida avtomaşinani boşqarmasliklarini söraymiz”, deyiladi xabarda.












