Uzoq yillardan buyon Kanadada istiqomat qilaman. Şu vaqt davomida 30ga yaqin davlatlarda böldim. Qayerga borsam, Özbekiston davlati, özbek millati borligi va ular mehnatsevarligi bilan azal-azaldan qöşni xalqlarning hurmatiga sazovor bölib kelayotganini tarğib qilaman.

Britaniya Kolumbiyasida yurtdoşlarimiz hujjatlarini litsenziya asosida yozma tarjima qilaman va şu jarayonda meni bir jihat juda xafa qiladi. Özbek tilidagi hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilişda lotin alifbosida ismlar qöpol va ba’zan hujjat egasining ismini ingliz tilida aytişga istihola qilinadigan holatlarga duç kelaman. Fikrimning isboti sifatida eng yumşoq, ammo rus tilidan transliteratsiya qilingani sabab, ism ma’nosining buzilişiga olib kelgan bir neçta misol keltiraman.

Masalan, Vohid – yakka, yolğiz, yakka-yu yagona, odob-axloqda barçaga namuna ma’nosidagi ism. U pasportda Vakhid deb yozilişi bu ismning transliteratsiyasi rus tilidan qilinganining isbotidir. Çunki rus tilida özbek tilidagi o‘, q, ğ, h harflari va tovuşlarining ekvivalenti yöq. Şu sabab özbek tilidagi yumşoq h harfi yoki tovuşi rus tilida qattiq x harfiga almaşib, lotin alifbosiga ögirilganda kh ga aylanadi. Ingliz tilida esa Vakit kabi talaffuz etiladi. Xuddi şu ism özbek tilidan töğridan-töğri ingliz tiliga transliteratsiya qilinsa, Wohid böladi va uning talaffuzi deyarli özbek tilidagidek çiqadi.

Xuddi şunday ismlardan biri mening ismim Mahbuba. Mahbuba – arab tilidan olingan bölib, suyukli, aziz döst, dilbar qiz ma’nolariga ega. Lekin rus tiliga Maxbuba şaklida ötgani uçun uni pasportimda Makhbuba deb yozişgan. Ingliz tilida sözlaşuvçilar esa uni Makapuba, Mahabubba, Mak yoki Buba kabi har xil talaffuz qilişadi va bu meni noqulay vaziyatga soladi. Aslida, bu ismning töğri va aniq özbek tilidan ingliz tiliga transliteratsiyasi Mahbooba böladi. 

Özbek tili turkiy tillar oilasiga, ingliz tili esa german tillar (Indo-Yevropa tillar guruhi) oilasiga mansub bölib, har ikkala tilda ham uç-törtta ohang (ton) oraliğida sözlaşiladi. Bu ikki til uç-törtta ohang, tovuş oraliğida sözlaşiş imkoni bilan bir-biriga yaqindir. Ya’ni ismlar transliteratsiyasida, lotin alifbosiga ögirişda aniq moslaşiştirişning imkoni bor. Ammo hozirgaça Özbekiston pasportlarida ismlar rus tili orqali transliteratsiya qilinadi. Bu nafaqat özbek ismlarining qöpol ögirilişiga, balki ularning ma’nosi buzilişiga ham sabab böladi va afsuski, ayrim hollarda ingliz tilida haqorat sözlariga aylanib qoladi.

Vankuver orolidagi davlat universitetlarining birida akademik va immigratsiya masalalari böyiça maslahatçi bölib xizmat qilayotganimga ön yildan oşdi. Buzilgan ismlar transliteratsiyasini faqat sobiq ittifoqning ayrim davlatlaridan keluvçi talaba va xodimlar pasportlarida körganman.