Rossiya Tergov qömitasi raisi Aleksandr Bastrikin Peterburg huquqiy forumida çiqiş qilar ekan köplab şov-şuvli bayonotlar bilan yodda qolgandi. Rossiya boş tergovçisi, xususan, ölim jazosini tiklaş, mamlakatda niqob taqib yurişni taqiqlaş kabi takliflarni bildirdi.
Bastrikin terakt sodir etgan odamlar köpi bilan bir umrlik qamoqqa hukm qilinişi, bunday insonlar umri davomida qamoqxonada kuniga uç mahal ovqatlantirilişi, ikki soat sayr qilişi, bu esa töğri emasligini aytgandi. Bastrikin sözi davomida Rossiya Davlat dumasi bunday holatlarga çora körişi kerakligi, masalan, ayollar niqob taqib yurişini taqiqlaş kerakligini aytdi.
«Doğistonda kim terakt sodir etdi? Islomistlar. Rostovdagi qamoqxonada-çi? Terrorçi-islomistlar. Davlat dumasi bunday hodisalarga reaksiya bildirişi kerak.
Siz aytayotgan narsani taqiqlaş haqida Duma qonun çiqarişi kerak. Buni (niqobni) kiyiş ba’zi musulmon davlatlarda taqiqlangan, lekin bizda ruxsat berilgan. Nega? Bu savolga javob berolmayman, çunki qonunçi emasman. Lekin sizning fikringizga qöşilaman, tezda hammasini taqiqlaş kerak», degan Bastrikin niqob haqidagi savolga javoban.
Çeçeniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov rossiyalik tergovçining gaplariga munosabat bildirib, bunday bayonotlar berişda ehtiyot böliş kerakligini ta’kidladi.
«Aleksandr Bastrikin Rostov va Doğistondagi teraktni eslab, ularning ijroçilarini «terrorçi-islomistlar» deb atadi. Aleksandr Ivanoviçga bunday bayonotlarda nihoyatda ehtiyot böliş kerak degan bölardim. Köp marta aytganman, yana takrorlayman: musulmonlar heç qaçon terakt sodir qilmagan, qilişmaydi ham. Umid qilaman, Aleksandr Bastrikin bundan keyin islomni terror bilan tenglaştirmaydi.
Heç bir dinda begunoh odamlarni öldiriş va ommaviy qirğin uyuştirişga çorlov yöq. Dinni özini istagança ataydigan fanatiklar va şaytonlar bilan adaştiriş kerak emas. Ularning qiladiganlari heç bir muqaddas kitobga — Injilga ham, Qur’onga ham, Tavrotga ham töğri kelmaydi.
Aleksandr Bastrikin darajasidagi yuqori martabali mulozim bunday bayonotlar berişni öziga ep körsa, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida uning ta’siri katta böladi», deb yozdi Qodirov öz kanalida.












