Özbekistonda BYD'ning E2, Seagull va Yuan kabi ommabop modellarini  işlab çiqariş rejalaştirilgan. Bu haqda «BYD Uzbekistan Factory» boş direktori Şafqatbek Alimov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.

«Tannarxni pasaytiriş va ommabop modellarni xalqqa taqdim etiş masalasi ham birinçi örinda belgilangan. Yangi modellarni körsatdik. Xususan, E2, Seagull va Yuan kabi ommabop modellar manzur böldi», dedi Şafqatbek Alimov.

Uning qöşimça qilişiça, Özbekistonda işlab çiqarilgan BYDʼlar çet eldan olib kelinayotgan maşinalardan arzon böladi.

«BYD bozorga kirib kelgandan beri narx-navo tuşib boryapti. Bu holat bundan keyin ham davom etadi. Hozir aniq raqamlar bilan aytişim qiyin, lekin Özbekistonda işlab çiqargan maşinamiz, çetdan olib kelib sotilayotgan maşinadan arzon böladi. Mahalliylaştirişni kuçaytirganimiz sari logistik xarajatlar kamayadi, qöşilgan qiymat ortadi va tannarx ham öz-özidan tuşib boradi. Elektromobillarning tannarxiga ta’sir qiladigan eng asosiy narsa bu – ularning batareyasi. Ötgan yili batareyasi 1 kilovattining bahosi 132 dollar edi, bu yil 100 dollarga yaqinlaşdi. 2025 yilga borib, 50 dollarga yaqinlaşadi degan prognozlar bor. Çunki texnologiya rivojlanyapti, işlab çiqariş hajmi ortyapti», dedi Alimov

Şuningdek, Özbekistonda işlab çiqarilgan modellar eksport qilinganida, öşa bozorlarga Xitoyda işlab çiqarilgan elektromobillar olib kelinmaydi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning yanvar oyida Jizzaxda «BYD Uzbekistan Factory» qöşma korxonasi işga tuşirilgandi. Bu qiymati 160 million dollarlik loyihaning birinçi bosqiçi bölib, yiliga 50 ming dona elektromobil işlab çiqariş quvvatiga ega.