Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigit Buxoro şahrining tarixiy markazi qismida joylaşgan Ark qörğoniga tirmaşib çiqişga uringani haqidagi xabar tarqaldi. Kun.uz holatga oydinlik kiritiş maqsadida sud hujjati bilan tanişdi.
Ma’lum bölişiça, holat 2024 yilning mart oyida bölgan. Samarqand şahrida yaşovçi, 1995 yilda tuğilgan A.A. xorijlik va mahalliy sayyohlar köz oldida Ark qörğoni devoriga tirmaşib çiqişga uringan
Jinoyat işlari böyiça Buxoro şahar sudining 2024 yil 27 martdagi qarori bilan yigit Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 64-1-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga BHMning 5 baravari (1,7 mln söm) miqdorida jarima qöllangan.
Eslatib ötamiz, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 64-1-moddasida moddiy madaniy meros obektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda böliş huquqbuzarligi nazarda tutilgan. Unga köra, moddiy madaniy meros obektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda böliş, ya’ni yozuvlar yoziş, rasmlar çiziş yöli bilan ularni tahqirlaş yoki ularga şikast yetkaziş, moddiy madaniy meros obektlarini, şu jumladan ularning tarixiy, ilmiy, badiiy yoxud özgaça madaniy qimmatiga doğ tuşiruvçi yoki ularni masxara qiluvçi harakatlarni sodir etiş, xuddi şuningdek, moddiy madaniy meros obektlariga nisbatan jamoat tartibini buzuvçi harakatlarni sodir etiş BHMning 5 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
















