Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqov mahalliy kengaş deputati etib saylandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, bugun xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşining 104-sessiyasi bölib ötgan.
Sessiyada Toşkent şahar hududiy saylov komissiyasi raisi Abdulla Magrupov hududda böşab qolgan deputatlik örinlariga bölib ötgan saylov natijalari töğrisida ma’lumot bergan. Unga köra, Toşkent şahri, Yunusobod tumani “Turkiston-53” saylov okrugida böşab qolgan deputatlik örniga Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzodi körsatilgan Şavkat Umurzoqov xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşining deputati etib saylangan.

Sessiya kun tartibidan Yakkasaroy va Yangihayot tumanlaridagi ayrim aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlaş va qayta nomlaş, Toşkent şahridagi muqobil korxonalar tomonidan maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqiş xizmatlarini takomillaştiriş kabi masalalar ham örin olgan.
Eslatib ötamiz, Saylov kodeksiga köra, tegişli mahalliy kengaşning vakolat muddati tugaşiga olti oydan kam vaqt qolganida deputatning örni böşab qolgan taqdirda, böşab qolgan öringa yangi deputat saylovi ötkazilmasligi mumkin.











