Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlar orqali soxta havolalarni jönatiş orqali fuqarolarning bank kartalaridagi mablağini özlaştirgan şaxs uşlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Toşkent şahrida yaşovçi 39 yoşli ayol S.G. içki işlar organiga murojaat qilib, bank kartasidagi 4 mln 949 ming söm pul noma’lum şaxs tomonidan özlaştirilganligini bildirgan. Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toşkent şahrida yaşovçi 42 yoşli N.A. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvçi sifatida tergov organlariga jalb etilgan N.A. internet foydalanuvçilariga Telegram orqali turli xil mazmunidagi havolalarni jönatib, ularni qiziqtirgani, söngra bank karta ma’lumotlarini qölga kiritgan holda undagi pullarni öğirlagani ma’lum bölgan.
Holat yuzasidan N.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (qonunga xilof ravişda axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib öğirlik sodir etiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Mazkur turdagi jinoyatni sodir etganlik uçun 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan.

















