Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştirişda davom etamiz.

Ğazodagi vaziyat

Isroil va HAMAS öt oçişni töxtatiş va uşlab turilganlarni ozod qiliş böyiça çeklangan kelişuv imzolaş arafasida turibdi. Bu haqda muzokara jarayonidan boxabar isroillik manbaga asoslanib, CNN telekanali xabar qilgan.

Manbaning sözlariga köra, isroillik rasmiy şaxslar HAMASning sönggi javobi har ikki tomonga kelişuvga erişiş uçun detalli muzokaralar boşlaş imkoniyatini beradi.

Biroq, CNNning ta’kidlaşiça, bitimning taqdiri hali hal qilinmagan va kafolatlanmagan.

Amerikada 12 nafar rasmiy şaxslar «Biz Ğazodagi jinoyatlarga şerikmiz», deb bayonot berişdi. Ular Isroil 7 oktyabrda Ğazoda qirğin boşlaganidan söng turli hukumat muassasalaridan norozilik tarzda işdan böşab ketişgan va ilk marta birgalikdagi bayonot bilan çiqiş qilişdi.

Bayonotga köra, Bayden ma’muriyatining Ğazoga nisbatan siyosati barbod bölgan va AQŞ milliy xavfsizligiga tahdid uyğotmoqda.

Isroilning diplomatik tomondan qöllab-quvvatlanişi va AQŞ tomonidan betöxtov yetkazib berilayotgan qurol-yaroğlar AQŞni «Ğazodagi Falastin xalqining öldirilişi va qiynab oç qoldirişi» uçun jinoiy şerik qilgan.

«Bu nafaqat ma’naviy jihatdan jinoyat, şuningdek xalqaro humanitar huquq va AQŞ qonunçiligining buzilişi hamdir. Mamlakatimizning siyosiy va iqtisodiy manfaatlariga ham kuçli ziyon yetgan, jahonda AQŞga nisbatan işonçga ham kuçli putur yetgan», — deyiladi bayonotda.

Isroilning Ğazodagi agressiyasi qurbonlari 37 ming 953 kişiga yetdi. Yaradorlar 87 ming 266 kişi.

Isroilning Ğazo sektoriga yopirilma zarbalari 273 kundan buyon davom etmoqda. Qurbonlarning 3/4 qismi yoş bolalar va ayollar.

Şuningdek, vayron qilingan binolar ostida hamon halok bölganlarning jasadlari qutqarilmasdan qolayotgani aytilmoqda.

Ğarbiy sohildagi vaziyat

Isroil sönggi 30 yil içida Falastinning eng katta hududini öğirladi.

Isroil hukumati okkupatsiya qilingan Ğarbiy sohilda 1270 gektar Falastin yerini yahudiylar davlatiga tegişli deb e’lon qildi. TASS xabariga köra, bu xabarni köçiş faolligi kuzatuvçi «Şalom axşav» (Hoziroq tinçlik) huquqbonlik taşkiloti tarqatgan. Qayd qilinişiça, bu ölçami böyiça va Tel-Aviv tomonidan rasman deklaratsiya qilingan sönggi 30 yil içidagi juda yirik hudud.