Ğarb bilan muloqot qilişga va’da bergan islohotçi nomzod Mas’ud Pizişkiyon saylovda ğalaba qozonib, Eronning 9-prezidentiga aylandi. Xöş, Erondek davlatda konservatorlarning mağlubiyati nimani anglatadi? Mas’ud Pizişkiyon kim? Kun.uz mavzuning muhim nuqtalarini şarhlab beriş uçun siyosatşunoslar Kamoliddin Rabbimov va Şavkat Ikromovni taklif etdi.

— Eron prezidentlik saylovlarida 2-tur bölişi qançalik kutilgan edi?

Şavkat Ikromov: — Bu saylovlarda eronliklar faol emas, siyosiy faollar boykot qilişgan oçiqdan oçiq. 1979 yildan keyingi eng past körsatkiç bilan ötdi saylov. Şu paytgaça 50 foizdan kam aholi iştirok etmagan saylov bölmagan. Aholining saylovlarda faol emasligining öziyoq ularda mavjud tuzumga va prezidentning çeklangan hokimiyatiga nisbatan işonç yöqolayotganini körsatadi. Şunga köra birinçi tur muvaffaqiyatsiz tugab, ikkinçi tur böldi. Köpçilik tahlilçilar aholining nofaol iştiroki sabab ikkinçi tur bölişini kutganini aytdi.

Ikkinçi turda Mas’ud Pizişkiyon va Said Jaliliy qatnaşdi. Pizişkiyon islohotçi sifatida özini namoyon qildi, Jaliliy esa konservativ siyosatçi. Jaliliy tizimga yaqin siyosatçi, Pizişkiyon esa oldin ham 2 marta nomzodini qöygan. Ikkinçi turdan oldin konservativ kuçlar Jaliliyni hokimiyatga olib çiqişga harakat qiladi, deyilgandi. Lekin kutilmaganda tizim içidagi muxolifatçi sifatida köriladigan Pizişkiyon ğalaba qozondi.

Umuman, ikkinçi tur kutilgandi boykotlar, heç bir nomzod yaqqol ustun emasligi sabab.

— Kutilmaganda konservator nomzodlarning mağlubiyati oliy hokimiyat xohişimi yoki real xalq tanlovi?

Kamoliddin Rabbimov: — Bu Eron içidagi ijtimoiy, siyosiy kayfiyatga boğliq. Eronda oliy rahbar konservator, u mamlakatdagi islomiy, şiaviy tizimni himoya qiliş. 1979 yildan keyingi inqilobdan söng Erondagi şia davlatçiligini saqlaş, kuçaytiriş böyiça davlatçilik şakllantirilgan.

Boş imomni 88 ta mujtahid imomlar saylaydi. Saylangan imom vafotiga qadar davlatni boşqaradi, ma’lum muddati yöq. Prezident vakolatlari, muddati çeklangan, xalq tomonidan saylanadi. Lekin saylovga qadar nomzodlarni imom hokimiyati filtrdan ötkazadi. Oxirgi saylovda ham 80 dan ortiq odam hujjat topşirib, 6 tasi ötdi, ulardan 5 tasi konservator, bittasi reformator edi. Jamiyat mana şu bitta reformatorga ovoz berdi. Sönggi 10-15 yilda Eronda köplab namoyişçilar böldi, jamiyatda hokimiyatga nisbatan işonçsizlik,tanqidiy fikrlaş yuqori va şuni ifoda etiş uçun imkoniyat izlaydi xalq.