«Içki işlar organlari uçun professional kadrlarni tayyorlaş tizimini transformatsiya qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, Içki işlar vazirligining Farğona, Jizzax, Toşkent va Surxondaryo mintaqaviy öquv markazlari yuridik şaxs maqomini saqlab qolgan holda Içki işlar vazirligi Malaka oşiriş institutining Farğona, Jizzax, Toşkent va Surxondaryo filiali sifatida qayta taşkil etiladi.
Bunda:
2027-yil 1-yanvardan taşkil etilayotgan filiallar boşliqlari, xodimlari va öqituvçilari uçun tegişliça Institut boşliği örinbosari, xodimlari va öqituvçilari lavozimlariga belgilangan pul taʼminoti tartibi va miqdorlari qöllanadi;
Institutning Nukus filiali kasbiy tayyorgarlik fakulteti Malaka oşiriş instituti Nukus filialining Serjantlar tayyorlaş markazi sifatida qayta taşkil etiladi;
vazirlik va idoralarning harbiylaştirilgan va qorovullik qöriqlaş bölinmalari mutaxassislarini Institut va uning filiallarida öqitiş tölov-kontrakt asosida (1 nafar tinglovçi uçun 1 akademik soatga BHM 12 foizi miqdorida) amalga oşiriladi.
2026/2027 öquv yilidan boşlab Içki işlar vazirligi akademiyasi (Akademiya) taʼlim jarayoni bosqiçma-bosqiç dunyoning top–1000 talik reytingga kirgan universitetlari hamda “Yangi Özbekiston” universiteti tajribasi asosida quyidagi tartibda tubdan takomillaştiriladi:
Akademiyada “taʼlim – tadqiqot – amaliyot” integratsiyasini taʼminlaş hamda kadrlar tayyorlaş tizimini ilğor xalqaro akademik modellar asosida taşkil etiş maqsadida maktablar (school) tizimi joriy etiladi;
Akademiya fakultetlari va kafedralari maqbullaştirilib, ular negizida maktablar va şöʼbalar taşkil etiladi.
Qarorga köra, 2026/2027 öquv yilidan Akademiyaga öqişga qabul qiliş tartibi va kadrlar tayyorlaş jarayoniga quyidagi mexanizmlar joriy etiladi:
vazirlik, respublika va xalqaro miqyosdagi xakaton hamda startap loyihalari ğolibi bölgan Içki işlar vazirligi akademik litseylari öquvçilari Akademiya bakalavriati taʼlim yönalişining kunduzgi taʼlim şakliga dastlabki va maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli ötgandan söng belgilangan qabul kvotalari doirasida öqişga yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz qabul qilinadi;

















