Toşkent şahri Uçtepa tumanida voyaga yetmagan Malibu 2 haydovçisi yöl transport hodisasi sodir etdi, deya xabar bermoqda poytaxt Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi.
Qayd etilişiça, holat 27 iyun kuni soat 20:10 atrofida tumanning Körkam obod mahallasida — Milliy gvardiya binosi qarşisida sodir bölgan. 16 yoşli A.X. Malibu 2 avtomaşinasini boşqarib ketayotib, yölni belgilanmagan qismidan kesib ötayotgan 39 yoşli piyodani urib yuborgan.
️YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan. Uning ahvoli oğir.
Hodisa videosida avtomobil yuqori tezlikda harakatlangani va svetoforning taqiqlovçi qizil çiroğida ötib kelganini köriş mumkin.
Boşqarma xodimining sözlariga köra, maşina boşqaruvida Uçtepa tumanidagi 312-maktabning 10-sinf öquvçisi bölgan. U boşqa uç nafar sinfdoşi bilan avtomobilni ijaraga olgan.
Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.












