Navoiy viloyatining Xatirçi tumanida YTH oqibatida 2-sinf öquvçisining halok bölgani holati böyiça ikki nafar haydovçi qölga olindi. Bu haqda Kun.uz söroviga javoban viloyat içki işlar boşqarmasi ma’lum qildi.
Haydovçilarga qamoq ehtiyot çorasi qöllangan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Avval xabar qilinganidek, voqea 1 iyul kuni Xatirçi tumanining Yangirabot mahallasida röy bergan. Voqea videosidan körinişiça, BYD avtomobili fojiadan bir neça soniya oldin tezlikni 142 km/soatgaça oşirgan, lekin bu tezlik bilan ham özidan biroz oldinda ketayotgan krossoverdan özib ketolmagan. Bundan anglaşiladiki, har ikkala haydovçi tezlikni 142 km/soatdan oşirgan.
“Uçar”lar piyodalar ötiş joyiga yaqinlaşayotganiga qaramay tezligini kamaytirmagan, şu asnoda avvaliga birinçi krossoverning harakati sabab yölakdan ötmoqçi bölgan 9 yaşar qizça yiqilib tuşgan, uning ortidan kelayotgan BYD esa qizni bosib ketgan, natijada bola voqea joyida halok bölgan.
Kun.uz manbasiga köra, qizni toğasi tuman markazidagi parkka aylantirib keliş maqsadida olib ketayotgan bölgan.
Bolalar iştirokida kunda-kunora röy berayotgan bunday fojialarning navbatdagisi ham jamoatçilikni qattiq larzaga soldi.
Yöllardagi ölimlar va jarohatlanişlarga oid öta ayançli statistikaga qaramay, mas’ullar qator çoralarni tatbiq qilişni yillardan buyon ortga surib kelayotgani noroziliklarga sabab bölmoqda.











