Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli buyruği bilan Şohruxmirzo Olimjonoviç Mamajonov Andijon viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Şohruxmirzo Mamajonov 2006 yil Andijon davlat tibbiyot institutining bakalavr, 2009 yil magistratura bosqiçini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Andijon viloyati qon quyiş stansiyasida uslubçi-vraç sifatida boşlagan.
Turli yillarda Andijon viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi xususiylaştiriş va pulli xizmatni taşkil qiliş bölimi boşliği, boşqarma boşliğining tibbiy xizmatni taşkillaştiriş böyiça birinçi örinbosari, Soğliqni saqlaş vazirligi Inson resurslarini rivojlantiriş va boşqariş bölimi boşliği vazifasini bajaruvçi kabi lavozimlarda işlagan.
Tayinlovga qadar Ş. Mamajonov Soğliqni saqlaş vazirligi Fan-ta’lim va innovatsiyalar boşqarmasi Malaka oşiriş va qayta tayyorlaş bölimi boşliği sifatida faoliyat körsatib kelayotgan edi.
Andijon viloyati SSB boşliği lavozimida şu vaqtgaça Azizbek Mirzajonov işlab kelayotgandi.












