Eronning Sahand eskadron mina taşuvçi kemasi mamlakat janubida, Körfaz sohilida joylaşgan Bandar Abbos kemasozlik korxonasida ta’minlanayotgan çoğda yonboşlab qolgan, deb xabar beradi Eronning Tasnim agentligi.

Kema ballast sisternalarning nosozligi yoki ularga suv kirişi sabab muvozanatini yöqotgan.

ISOICO kemasozlik korxonasi boş direktori Salmon Zarbiyning ISNA agentligiga bildirişiça, avariyaga sabab ballast sisternalarining nosozligi yoki ta’mirlaş çoğida kemaning vallari joylaşgan qismiga suv kirişi sabab bölgan. Kema qisman çökkan.

IRNA xabariga köra, voqeada jabrlanganlar bor.

Eronda yasalgan Sahand eskadron mina taşuvçi kemasi 2018 yilning dekabrida Bandar Abbosda suvga tuşirilgan. U olti yil davomida yasalgan. Kema «yer–yer» va «yer–havo» tipidagi raketalar va zamonaviy radiolokatsion stansiya bilan jihozlangan. Eskadron mina taşuvçi kema beş oy davomida qöşimça quvvatlanişsiz dengizda suzişi mumkin, unda vertolyot maydonçasi ham bor.

Kema suvga tuşirilgan çoğda Eron harbiy dengiz kuçlari qömondoni bölib işlagan Hussayn Xonzodiy Sahand «eng zamonaviy harbiy kema» ekanini ta’kidlab, u «radarlardan yaşirina olişi mumkinligi»ni aytgan edi.