«Rossiya bizning milliy xavfsizligimiz uçun eng firik va eng jiddiy xatar bölib turibdi», — degan mamlakat mudofaa vaziri Pol Yonson.

Bundan taşqari, bir qator davlatlarning özining geosiyosiy ta’sirini kuçaytirişga urinişlari ham tahdid ölaroq baholangan.

«Xitoyda ham bizning xavfsizligimiz va raqobatbardoşliligimizga ta’sir ötkaza oladigan kibervositalar yaratiş ambitsiyasi bor. Biz şuningdek, Rossiya va Xitoy örtasidagi harbiy hamkorlik kuçayib borayotganini ham kuzatmoqdamiz», – degan Yonson.

U şuningdek, KXDR va Eron Rossiyani Ukrainaga qarşi uruşda faol qöllab-quvvatlayotganini qayd etgan. Yonson avvalroq Rossiya Şimoliy Atlantika alyansi va Yevropa Ittifoqidagi ittifoqçilarni bölib yuborişga harakat qilişda davom etayotganini ta’kidlagan edi.

Şvetsiya NATOga a’zo bölganidan söng Rossiya sun’iy yöldoşli tarmoqlar işini barbod qilayotganini ham ta’kidlagan. Şvetsiya tahdidlarning oldini oliş uçun öz qurollik kuçlarini mustahkamlaşga, portlar, yöllar, temiryöl tarmoqlari, kasalxonalar va boşpanalarni takomillaştirişga kirişgan.

Ayni paytda Şvetsiya energotizimi geografik joylaşuvi va eskirgan stansiyalar tufayli eng zaif holatda qolmoqda. Qirollikning 15 ming km elektr uzatiş liniyalari bor. Ular mamlakat şimolidagi sanoat markazlarini janubdagi eng asosiy şaharlar bilan boğlaydi. Kabellar qalin örmonlar orqali ötadi. Bu esa Yevropaning boşqa davlatlariga nisbatan tarmoqni diversiyalar uçun zaif holatga keltiradi. Şu sababli Şvetsiya elektr uzilişlariga tayyor turişi kerak, degan Şvetsiya mudofaa institutining katta öqituvçisi Vera van Zeyest.

«Elektr tarmoği kabi kritik infratuzilma uruş çoğida duşmanning asosiy nişonlaridan biriga aylanadi», — degan Zeyest. U misol tariqasida Ukrainani keltirgan. Bu yerda 2022 yilning fevralidan boşlab keng kölamli bosqin çoğida Rossiya energetika obektlarining yarmidan köpini işdan çiqargan. Ayniqsa qiş oylari bu hujumlar kritik köriniş olgan.