Britaniyaning Lafboro universiteti tadqiqotçilari yonda olib yurişga qulay bölgan havo tozalagiçni taqdim qildi.

Aerate deb nomlanuvçi quloqçinga öxşab ketuvçi qurilmani böyinga taqib yuriş kerak. Qurilma maxsus filtr yordamida havoni tozalab beradi. Bitta filtrning örtaça “umri” 40 soatga teng. 

Ta’kidlanişiça, metroda havodagi PM 2,5 mayda dispersli zarraçalar miqdori Jahon soğliq saqlaş taşkiloti tomonidan belgilangan xavfsiz darajadan baland bölişi kuzatiladi. Çunki poyezdlarning ğildiraklari va tormozi eskirgan sari havoni ham ifloslantirib boradi. Bu öz navbatida yölovçilarning öpka hamda yurak-qon tomir tizimiga xavf soladi. Mutaxassislar qurilma havosi ifloslanayotgan katta şaharlar aholisi hamda metro foydalanuvçilariga mos kelişini aytmoqda.

Havo tozalagiçni smartfonga örnatiladigan maxsus ilova bilan işlatiş mumkin. Ilova qurilmaning, filtrlarning holati haqida ma’lumot beradi. 

Uşbu qurilma hozirça prototip bölib, uning qaçondan seriyali tarzda işlab çiqarilişi noma’lum.