Andijon şahrida 25 yoşli haydovçi boşqaruvidagi Cobalt piyodalar ötiş joyidan ötayotgan qizni urib yubordi. Andijon viloyati YHXB sodir etilgan mazkur YTH yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinişiça, YTH 8 iyul kuni Andijon şahrining Özbekiston köçasidagi tartibga solinmagan piyodalar ötiş joyida sodir bölgan. 1999 yilda tuğilgan A.X. Cobalt maşinasini boşqarib ketayotib yölni kesib ötayotgan 2014 yilda tuğilgan T.S.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida qizaloq tan jarohatlari olib, şahar şifoxonasiga yotqizilgan.

Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan dastlabki suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Avvalroq Navoiy viloyatining Xatirçi tumanida piyodalar ötiş joyidan ötayotgan 8 yoşli qizni BYD bosib ketgani hamda Samarqandda Nexia 7 yoşli bolani urib yuborgani xabar qilingandi. Har ikki YTH oqibatida bolalar halok bölgan.