Farğona viloyati Quva tumanida Lacetti va VAZ-2101 iştirokida YTH sodir bölgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa bugun 2024 yil 8 iyul kuni 10:30 larda yuz bergan.

Quva tumani “Soyguzar” MFY hududidan ötgan, 4R-112 “Farğona halqasi” avtomobil yölida Lacetti bilan ketayotgan 25 yoşli R.O. boşqaruvni yöqotgan va qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan.

Söng röparadan öz yölidan kelayotgan VAZ-2101 maşinasi bilan töqnaşgan. Oqibatda “Vaz-2101” rusumli avtomobil haydovçisi A.X oğir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Şuningdek, “Vaz-2101” rusumli avtomobil yölovçisi 1989 yilda tuğilgan A.D. va Lacetti rusumli avtomobil haydovçisi R.O. tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.