Şavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoya sohasidagi qöşimça çora-tadbirlar taqdimoti bilan tanişdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, nogironligi bor şaxslarga qulayliklar yaratiş maqsadida nogironlikni belgilaşda raqamlaşgan tizimga ötiş taklif etilmoqda.
Unga köra, bu dastlab Toşkent şahri va Navoiy viloyatida, 2025 yil 1 sentabrga qadar barça hududlarda bosqiçma-bosqiç joriy etiladi. Ekspert komissiyalariga tibbiy hujjatlar oilaviy şifokorlar tomonidan elektron yuboriladi. Baholaş Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining moslaştirilgan mezonlari asosida “Inson” markazlari xodimlari tomonidan amalga oşiriladi. Nogironlikni belgilaş bilan bir vaqtda uning reabilitatsiya dasturi hamda protezga muhtojligi böyiça ma’lumotlar şakllantiriladi.
Ekspert komissiyalari tomonidan kasbga, ta’limga, sportga tavsiya beriş, mehnatga layoqatsizlikni belgilaş tartibi bekor qilinadi. Bunday şaxslar iş, sport va ta’limga individual yondaşuv asosida yönaltiriladi.

Ta’kidlanişiça, nogironligi bölgan şaxslarning xavfsiz va tösiqlarsiz harakatlanişi uçun şaroitlarni kengaytiriş ham közda tutilmoqda. Şu bois quriladigan va ta’mirlanadigan binolar bunga moslaşganligi böyiça majburiy ekspertizadan ötkaziladi. “Xavfsiz yöl va xavfsiz piyoda” jamğarmasining kamida 10 foiz mablaği har yili çorrahalarni nogironligi bölgan şaxslar uçun moslaştiriş böyiça quriliş va jihozlaşga yönaltiriladi. Tösiqlarsiz muhit yaratilgan obektlarning elektron interaktiv xaritasi yaratiladi.
Şuningdek, jamoat transporti böyiça tenderlarda faqatgina nogironligi bölgan şaxslarga moslaştirilgan avtobuslar iştirok etişi mumkin böladi. Şahar jamoat transportida I guruh nogironligi bölgan şaxslarga bepul xizmat körsatiladi. Nogironligi bölgan şaxslarni madaniy tadbirlar, köngiloçar tomoşa va marosimlarga jalb qiliş böyiça amaliy çoralar köriladi.
Taqdimotdagi yana bir taklif Jahon banki iştirokidagi “Inson” loyihasi haqida bölgan. Bu loyiha aholining zaif qatlamlarini jamiyatga integratsiya qilişga qaratilgan bölib, uning doirasida 55 ta köpfunksiyali hududiy xizmatlar markazi taşkil etiladi va 20 turdagi ijtimoiy xizmat yölga qöyiladi. Toşkent, Farğona va Samarqandda 4 ta namunali inklyuziv kasb-hunar ta’limi markazlari taşkil etiladi.














