10 iyul kuni JIB Yunusobod tuman sudida jinoyat olamida “Baxti Taşkentskiy” maqomini olgan Baxtiyor Qudratullayev va 36 nafar sudlanuvçi ustidan sud tergovi yakunlanib, muzokara bosqiçiga ötildi.

Ma’lum bölişiça, sudlanuvçi Baxtiyor Qudratullayevga dastlabki tergov organi tomonidan jinoyat işi yuzasidan 44 ta epizod böyiça ayb e’lon qilingan.

Prokuror muzokara nutqida B.Qudratullayevni 20 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qiliş, şuningdek, Jinoyat kodeksining 34-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan öta xavfli retsidivist deb topişni söragan.

“JK 242-modda 1-qismi bilan B. Qudratullayevni 18 yilga ozodlikdan mahrum qilişni, 242-modda bilan aybdor deb topişni va şu modda bilan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlaşni, 165-modda 3-qismi “a” va “b” bandi bilan aybdor deb topib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlaşni, 168-modda 4-qismi “a” va “b” bandlari bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlaşni, 104-modda 3-qismi “d” bandi bilan aybdor deb topişni va şu modda bilan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlaşni, 109-modda 2-qismi bilan aybdor deb topişni va 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlaşni, 276-modda 2-qismi “a, b” bandlari bilan aybdor deb topişni va şu modda bilan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlaşni, JKning 96-moddasiga asosan giyohvandlikdan majburiy davolaş çorasini qöllaşni, JK 59-moddasiga asosan uzil-kesil 20 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlaşni, 96-moddasiga asosan tibbiy yösindagi majburiy çorani qöllaşni, 34-modda 3-qismi “a”  bandi bilan öta xavfli retsidivist deb topib jazoni maxsus tartibli koloniyada ötaş belgilanişini sörayman”, degan prokuror muzokara nutqida.

Davlat ayblovçisi sanab ötgan moddalar – jinoiy uyuşma taşkil etiş, tovlamaçilik, qasddan badanga oğir şikast yetkaziş, qasddan badanga yengil şikast yetkaziş, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarga doir jinoyatlarni közda tutadi.

Prokuror, şuningdek, sudlanuvçi B.Qudratullayevning öğillari – Bekzod Zafarovga 11 yil, Ixtiyor Qudratullayevga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlaşni söragan.