Korxona boş direktori Jamol Fayzullayev raisligida ötkazilgan yiğilişda ma’lum qilinişiça, 2024 yilning 2-yarim yilligida 1 689 ming metr texnologik burğilaş, geologiya-qidiruv işlari uçun jami 906 ming metrdan ortiq burğilaş işlarini bajariş, geologiya-qidiruv işlari natijasida uran  zaxiralarini 2024 yil yakuni böyiça jami 8 025,0 tonna va uranning başorat resurslarini 10 ming tonnaga östiriş belgilangan. Şimoliy Bukinoy, Aktau, Aulbek, Nurkon, Moybuloq konlari böyiça yakuniy geologik hisobotlar tuzilib, Davlat zaxiralari komissiyasida jami 22 000 tonna uran zaxiralarini tasdiqlaş rejalaştirilgan.

Xususan, yil yakuniga qadar 23 ta burğilaş uskunasini olib kelişni hamda dizel elektr stansiyalarini va boşqa zarur tovar moddiy boyliklarini xarid qilinişini tezlaştiriş, Uran işlab çiqariş zavodidagi peçni qayta rekonstruksiya qiliş böyiça zarur böladigan ehtiyot va butlovçi qismlar olib keliş va qisqa muddatda foydalanişga topşiriş, Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Xitoyning CNUC kompaniyasi bilan imzolangan Strategik kelişuvga muvofiq qabul qilingan “Yöl xaritalari” ijrosini öz vaqtida ta’minlaş, xalqaro kompaniyalar bilan geologik qidiruv işlarini amalga oşiriş böyiça qöşma korxonani taşkil etiş, “Ma’danli”, “Jantuar” va “Kosçeka” konlari ma’danlarini qayta işlaşning optimal texnologiyasini işlab çiqiş maqsadida xorijiy hamkorlar bilan birgalikda tajriba-sinov işlarini olib boriş böyiça texnologik namunalarni xitoylik hamkorlarga jönatiş, geologiya-qidiruv ma’lumotlarini raqamlaştiriş böyiça “qora slanes” turdagi “Jontuar”, “Kosçeka” hamda “Ma’danli” konlarining 3D modellarini yaratiş, işlab çiqariş jarayonlarini onlayn kuzatib boriş böyiça raqamli texnologiyalar joriy etiladi.