Şu yil 20 iyuldan 7 avgustgaça Urganç xalqaro aeroporti yopiladi. Transport vazirligining xabar berişiça, bu vaqtda aeroport rekonstruksiya qilinadi, şu sababli vaqtinça yopiladi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Urgançdan rejalaştirgan aviaqatnovlarining bir qismi Nukus xalqaro aeroportiga köçiriladi. Yölovçilarga qulaylik yaratiş maqsadida “Uzbekistan Airports” tomonidan Urganç va Nukus aeroportlari örtasida avtobus qatnovi taşkil etilmoqda.

Vazirlikning Kun.uzʼga ma’lum qilişiça, yölovçilar aeroport taşqarisida kutib olinadi, avtobuslar “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi qatnovi uçun çiptasi borlarga bepul xizmat qiladi.

Qatnov jadvali bilan kompaniya saytida batafsil tanişiş mumkin.

Qöşimça ma’lumot oliş va avtobuslar jadvaliga aniqlik kiritiş uçun Özbekiston aeroportlari aloqa markaziga murojaat qilinadi.

Eslatib ötamiz, Urganç xalqaro aeroporti yopilişi haqida iyun oyining oxirida xabar berilgandi. Unga köra, ta’mirlaş jarayonida uzunligi 3000 m va eni 16 m bölgan uçiş-qöniş yölagi yuzasini butunlay almaştiriş va mustahkamlaş rejalaştirilgan. Şuningdek, ikkinçi va uçinçi yuriş yölaklari kapital ta’mirlanadi.

Ta’mirlaş işlari yakunlangaç, aeroport Boeing 787 va Airbus A330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarni çeklovlarsiz qabul qila olişi aytilmoqda.

Ma’lumot uçun, Urganç şahridagi uçiş-qöniş yölagini kapital rekonstruksiya qiliş oxirgi marta 1997 yilda, şikastlangan qismlarini qisman ta’mirlaş esa 2018 yilda amalga oşirilgan edi.