Şimoliy Atlantika alyansi a’zolari Vaşingtondagi sammitda taşkilotning 75 yilligini nişonladi. Xöş, dunyodagi eng qudratli harbiy ittifoqning 75 yillik tarixi qanaqa keçdi, buguni qanday, kelajak maqsadlari nima? NATO va Özbekistonning milliy manfaatlari örtasida qanday boğliqlik bor?

“Geosiyosat”ning navbatdagi soni ham siyosatşunoslar bahsiga aylanib ketdi.

— Avvalo alyans nima uçun tuzilgani, uning muhim yutuqlari va xatolariga töxtalsak.

Kamoliddin Rabbimov: — Ikkinçi jahon uruşi davrida AQŞ va SSSR birgalikda faşizmga qarşi kuraşdi. Lekin 1949 yilda yangi sovuq uruşni his qilgan AQŞ va uning ittifoqçilari kollektiv mudofaa taşkilotini tuzadi, ya’ni NATOni. NATO – harbiy blok, uning qoidasiga köra, tarkibdagi birorta davlatga hujum bölsa, qolgan barça davlatlar birgalikda uruşga kiradi. NATO 1989 yilga kelib sovet ittifoqini mağlub qilişga muvaffaq böldi. NATOning qadriyatlari birinçi navbatda siyosiy, unga a’zo böladigan davlat demokratik bölişi, boşqa davlatlar bilan ziddiyati minimal bölişi kerak. Yangi a’zo qabul qilişda barça davlatlar rozi bölişi lozim, veto köygan davlat esa nega veto qöyganini tuşuntirişga majbur emas.

Sovet ittifoqi qulagaç, NATO özi uçun yangi mazmun izladi, ya’ni ittifoq yöq, yangi tahdid ham körinmayapti, nima bilan kuraşamiz endi, taşkilot umri tugadimi, degan masala qöyildi. Ma’lum vaqt NATOning e’tibori ekstremizm va terrorizmda böldi. NATO tarixida öşa barça davlatlar birgalikda uruşga kirişi moddasi bir marta işlatilgan 2001 yil 11 sentabrdan keyin, ya’ni AQŞni himoya qiliş uçun Afğonistonga kirgan NATO kuçlari.

Keyingi 20 yilda NATO tafakkuri yana klassik davrga qaytyapti. NATOga tahdid bor degan tafakkur Qrim anneksiyasidan oldinroq şakllangan edi, 2007 yilda Putinning Myunhenda çiqişi Ğarbga işonçsizligining eng yuqori nuqtasi bölgandi. Umuman, NATO davlatlari qaçondir Rossiya va Xitoy bilan global töqnaşuv böladi, degan tafakkurda bölgan. 90 yillardayoq ba’zi AQŞ senatorlari NATO faqatgina transatlantik taşkilot emas, balki global taşkilot bölişi kerak, degan fikrni ilgari surib, unga Yaponiyani, Avstraliyani, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreyani a’zo qiliş kerak, Markaziy Osiyoda ham ba’zi davlatlar a’zo bölişi kerak, degan fikrlarni aytgan. 75 yillik sammitda Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya rahbarlari asosiy mehmon sifatida iştirok etdi.

Şuhrat Rasul: