Toşkent şahri Uçtepa tumanida mahalla binosi yonib ketgan. Jurnalist Aziza Qurbonovaning xabar berişiça, hodisa bugun, 2024 yil 14 iyul kuni sodir bölgan.

Uçtepa tumanida joylaşgan Abdulla Qodiriy mahallasi binosi yonib ketgan. Yonğinga qisqa tutaşuv sabab bölgani taxmin qilinmoqda.

“Yonğin sabablari noma’lum, mahalladagilarning aytişiça, avval ham 3-4 oy oldin qisqa tutaşuv bölgan”, deb yozgan Aziza Qurbonova öz postida.

Ma’lum qilinişiça, mahalla binosi tadbirkorlar tomonidan ta’mirlanib obod qilingan.

Jurnalistning postiga ilova qilingan videoda mahalla binosining derazalaridan olov çiqayotgani, ikkinçi videoda tom va şift qismi butunlay yonib ketganini köriş mumkin.

“Poytaxtning juda fayzli, çiroyli mahallasi edi. Jonim açidi. Hozirda yonğin töliq bartaraf etilgan”, deb yozadi jurnalist.

Hodisa haqida rasmiy xabar berilmadi.