AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampga öq uzilişi qotillikka uriniş sifatida tekşirilmoqda, biroq ayni paytda içki terrorçilikning potensial akti sifatida ham körilmoqda, deya ma’lum qildi 14 iyul, yakşanba kuni Federal tergov byurosi (FTB) direktorining aksilterror böyiça örinbosari Robert Uells.
Otişma qonuniy ravişda sotib olingan yarim avtomatik AR tipidagi miltiqdan amalga oşirildi. Federal tergov byurosi Trampni otgan 20 yoşli Tomas Metyu Kruksning yolğiz özi harakat qilganini va uning sabablari noaniqligiça qolayotganini ta’kidladi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Kruksning kelib çiqişi, kundalik faoliyati va ijtimoiy tarmoqlarini örganmoqda, biroq hozirça «tahdid qiluvçi heç narsani sezmagan», dedi FTB direktori örinbosari Pol Ebbeyt. Xizmat, şuningdek, Kruksning mobil telefoniga kirişga harakat qilmoqda.
Ebbeytning aytişiça, otişmadan keyin «onlayn zöravonlik tahdidlari bilan boğliq ritorika köpaygan». Uning sözlariga köra, internetda otişma uyuştirgan şaxsga taqlid qilayotgan yoki özini körsatişga urinayotganlar paydo bölgan.
Pensilvaniyada Donald Trampga suiqasd
AQŞ sobiq prezidenti, respublikaçi Donald Trampga 13 iyul kuni Pensilvaniya ştatining Batler şahrida saylovoldi taşviqoti mitingidagi nutqi vaqtida öq uzildi. Öq siyosatçi quloğining tepa qismiga tegdi. Otişma natijasida 50 yoşli erkak halok böldi, yana ikki miting iştirokçisi yaralandi. Ularning ahvoli barqaror, dedi Pensilvaniya ştati politsiyasi. Hujumçi Pensilvaniya ştati Betel-Park şahrida istiqomat qiluvçi 20 yoşli Tomas Metyu Kruks ekanligi aniqlangan, u xavfsizlik kuçlari tomonidan otib öldirilgan.
Bir qator jahon siyosiy yetakçilari Donald Trampga qilingan suiqasdni qoralab, hamdardlik bildirdi.













