Özbekistonda yaqin yillarda içimlik suvi uçun ijtimoiy norma yölga qöyiş rejasi yöq. Bu haqda AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida «Özsuvta’minot» mas’ullari ma’lum qildi, deya xabar berdi Gazeta.uz.
Tadbirda jurnalistlar tomonidan yaqin kelajakda Özbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazga joriy etilgani kabi içimlik suviga nisbatan ham ijtimoiy norma yölga qöyilişi haqidagi gap-sözlarga izoh söraldi.
Qozoğistonda içimlik suvi böyiça tabaqalaştirilgan tarif rejasi işlab çiqilayotgani, Özbekiston qöşni mamlakatdan namuna olib, suvni tejaş maqsadida mazkur tartibni joriy etiş yo etmasligi haqida ham savol berildi.
«Oçiğini aytaman, bu ma’lumotlar feyk, heç qanday asos yoki hisob-kitobga ega emas. Bizda bunday masala kun tartibida yöq. Suv bu — hayotiy ehtiyoj, uni çeklaşga yoki qandaydir limit qöyişga hozirça heç qanday ehtiyoj yöq, bu mening mas’ul şaxs sifatidagi fikrim. Qozoğistonda bölayotgan jarayonlarni biz ham kuzatib turibmiz, ammo buni tabaqalaştirilgan tizim, deyiş biroz notöğri», — dedi «Özsuvta’minot» AJ boşqaruvi raisi örinbosari Xurşid Rahmatullayev.
Uning sözlariga köra, bunday tajriba Rossiya va Yevropaning bir qator mamlakatlarida ham bor, ya’ni suv resurslarini sutka davomida talab oşadigan paytda işlatişga ma’lum bir çeklov qöyilgan.
«Özbekistonda suv hisoblagiçlar bilan ta’minlanganlik darajasi 87 foizni [taşkil etadi]. Agar 100 foizlik ta’minlanganlik darajasiga erişgan taqdirimizda ham suv zaxirasi va suvni tejaş nuqtayi nazaridan yaqin kelajakda [içimlik suvi uçun ijtimoiy norma joriy etiş] rejalarimiz yöq», — dedi Rahmatullayev.












