Navoiy viloyatining Xatirçi tumanida yaşovçi ayol öz turmuş örtoğining qotiliga aylandi. U yaşagan mahallada tuman mas’ullari iştirokida jinoyat sabablari muhokama qilindi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, jinoyat joriy yil 21 iyun kuni tumanning Boğçakalon mahallasida sodir etilgan. Unga oilaviy kelişmovçilik sabab bölgan. Marhum Q.Q. 2023 yilning sentabr oyidan X.Q. bilan şa’riy nikoh asosida tumanning Boğçakalon mahallasida yaşab kelgan. 2024 yilning aprel oyidan erkakning qizi ham turmuşidan ajraşib, ular bilan yaşay boşlagan.

X.Q. joriy yilning 21 iyun kuni soat taxminan 22:00larda turmuş örtoğining öziga nisbatan doimiy ravişdagi tazyiqi va kamsitişlaridan qutuliş maqsadida uni öldirişni rejalaştirgan. Tuzilgan rejaga asosan dorixonadan 20 dona “Enam” dori vositasini olib kelgan. Söngra uni qatiqqa qöşib, eriga içirgan.
Q.Q. dori ta’sirida holsizlanib, köngli aynigan hamda huşsiz holatga kelgan. Bundan foydalangan ayol yoğoç bölagi bilan uning boş qismiga bir neça marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda Q.Q. voqea joyida vafot etgan.

Jinoyat sodir etilgan mahallada viloyat IIB boşliği A.Tasbayev, tuman hokimi U.Adizov, viloyat prokurorining örinbosari R.Rahmatov, tuman sektor rahbarlari iştirokida muhokama qilingan. Muhokamada jinoyatning kelib çiqiş sabablari tahlil etilgan. Şuningdek, kelgusida oğir va öta oğir turdagi jinoyatlarning oldini oliş maqsadida profilaktik tadbirlarni yanada kuçaytiriş yuzasidan mas’ullarga tegişli körsatmalar berilgan.












