Samarqandda 3 yoşli farzandini sotib yubormoqçi bölgan 34 yoşli ayolga sud hukmi öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Hukmda keltirilişiça, 5 farzandning onasi bölgan F.M. özining 2021 yil iyul oyida tuğilgan qizini 150 mln söm va 5 ming AQŞ dollari miqdoridagi pulga sotmoqçi bölgan. U 2024 yil 9 aprel kuni kelişilgan puldan 5 ming AQŞ dollarini olib, voyaga yetmagan farzandini “xaridor”ga bergan vaqtida tezkor tadbirda qölga olingan. F.M. pulni bankda hisob raqam oçib, şunga qöymoqçi bölgan.
Sudda söroq qilingan ayol “xaridor” bir neça bor farzandlaridan birini unga berişni söraganligini, ammo özi buni istamaganligini, turmuş örtoği bilan şu masalada janjallaşib qolganligini bildirgan.
“Janjaldan söng turmuş örtoğim uydan çiqib ketib, keçda mast holatda qaytdi. U bilan ertalabgaça oğzaki janjallaşib çiqdik. Ertalab turmuş örtoğim kuningni özing kör, deya uydan çiqib ketdi. Şundan söng bolani sörayotgan ayol bilan körişdim. Bolamni sotiş niyatim yöq edi, turmuş örtoğimga aççiq qilib şu jinoyatga qöl urdim. Farzandimni yaxşi köraman, uni heç kimga bermayman”, degan ayol.
Sudlanuvçi aybiga qisman iqror bölib, öziga nisbatan yengillik berişni söragan.
Jinoyat işlari böyiça Paxtaçi tuman sudining 2024 yil 20 iyundagi hukmi bilan F.M. Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Oldinroq Qaşqadaryoda 8 kunlik çaqaloğini 190 mln sömga sotmoqçi bölgan er-xotinga sud hukmi bilan jazo tayinlangandi.










