AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampga qarata öt oçişdan oldin 20 yoşli Tomas Metyu Kruks mahalliy politsiyaçi bilan töqnaş kelgan. Bu haqda Batler okrugi şerifi Maykl Slup 14 iyul, yakşanba kuni çop etilgan The Washington Post gazetasiga bergan intervyusida aytib ötdi.
Slupning sözlariga köra, politsiyaçi şubhali odamni qidirib, bino tomiga qaragan va u yerda bölgan Kruks uni nişonga olgan. Ofitser tomning çetidan qaragani va qölida quroli bölmagani uçun «ölişni istamagani sababli» yana yerga sakrab tuşgan, dedi şerif. Şundan söng, uning sözlariga köra, Kruks Tramp va miting iştirokçilariga qarata öq uzgan.
Politsiya miting boşlanişidan oldin Kruksni şubhali deb hisoblagan
CNN avvalroq huquq-tartibot idoralari xodimlari Kruksning şubhali xatti-harakatlarini miting boşlanişidan oldin, u metall detektorlardan ötayotganda payqaşgani haqida xabar bergan edi. Ular ratsiya orqali erkakni kuzatib boriş kerakligini aytgan. Ta’kidlanişiça, ma’lumotlar Maxfiy xizmatgaça yetib kelgan.
Pensilvaniyada Donald Trampga suiqasd
AQŞ sobiq prezidenti, respublikaçi Donald Trampga 13 iyul kuni Pensilvaniya ştatining Batler şahrida saylovoldi taşviqoti mitingidagi nutqi vaqtida öq uzildi. Öq siyosatçi quloğining tepa qismiga tegdi. Otişma natijasida 50 yoşli erkak halok böldi, yana ikki miting iştirokçisi yaralandi. Ularning ahvoli barqaror, dedi Pensilvaniya ştati politsiyasi. Hujumçi Pensilvaniya ştati Betel-Park şahrida istiqomat qiluvçi 20 yoşli Tomas Metyu Kruks ekanligi aniqlangan, u xavfsizlik kuçlari tomonidan otib öldirilgan.
Bir qator jahon siyosiy yetakçilari Donald Trampga qilingan suiqasdni qoralab, hamdardlik bildirdi.













