Rossiya Qurolli kuçlari 58-armiyasining sobiq qömondoni general Ivan Popov Ukrainaning Zaporijjya viloyatining Rossiya qöşinlari tomonidan bosib olingan qismi «hokimiyati» tomonidan 1-darajali «Zaporijjya viloyati oldidagi xizmatlari uçun» ordeni bilan taqdirlandi. Tegişli buyruqni 24 iyul, payşanba kuni viloyatning qöşib olingan qismi «gubernatori» Yevgeniy Balitskiy imzoladi.

Unga köra, Popov «jasorat, professionallik va xizmat vazifasini bajargani uçun» taqdirlangan. U bilan birga 2023 yil yozida Ukraina qurolli kuçlarining Zaporijjya yönalişidagi qarşi hujumini qaytarişda qatnaşgan yana uç qömondon ham taqdirlandi, dedi Balitskiy. Ular orasida general-polkovnik Oleksandr Romançuk, general-polkovnik Denis Lyamin va general-leytenant Sergey Nirkov bor.

2023 yil iyul oyida 58-armiyaga qömondonlik qilgan general Ivan Popov öz askarlariga murojaatida Rossiya armiyasining muammolari haqida qömondonlikka hisobot bergani va Rossiya Mudofaa vazirligi rahbariyatining qarorlarini tanqid qilgani uçun lavozimidan çetlaştirilganligini aytdi. Popov örniga general-leytenant Denis Lyamin qömondon etib tayinlandi.

2024 yil may oyining örtalarida Popov juda katta miqdordagi firibgarlikda gumonlanib hibsga olingan. Tergov ma’lumotlariga köra, general 2023 yilda Zaporijjya viloyatining Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati mudofaa inşootlarini quriş uçun sotib olgan va harbiylarga topşirilgan qiymati 130 million rubldan ortiq bölgan 1700 tonnadan ortiq «metall prokat»ni öğirlaşda iştirok etgan.