Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi boşlandi. Unda «Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun loyihasi ikkinçi öqişda moddama-modda körib çiqildi.
Mazkur qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda kiçik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlaniş vositalarini boşqariş vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uçun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Şuningdek, foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali qayd etilgan holat muayyan qisqa muddat davomida qaror qabul qilinmagan taqdirda, huquqiy oqibatini keltirib çiqarmasligini nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritiş taklif etilmoqda.
Qonun loyihasi bilan avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali yöl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori töğrisida ma’lumot mavjud bölmasa, şuningdek maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali qayd etilgan yöl harakati qoidalari buzilişiga oid ma’lumotlar jarima soliş töğrisida qaror çiqarişga vakolatli bölgan mansabdor şaxsga (ya’ni huquqbuzarga emas) 48 soat içida yuborilmagan bölsa işni körib çiqiş tugatilişi haqidagi norma bilan töldirilmoqda.
Şuningdek, tez tibbiy yordam va yonğin-qutqaruv bölinmalari transport vositalari tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan yuritilgan ma’muriy işlarni ortiqça qoğozbozlikdan voz keçgan holda tugatiş tartibini joriy etiş nazarda tutilmoqda.
Uşbu qonun loyihasining qabul qilinişi yöl harakati qoidalariga rioya etilişini, yöl-transport hodisalarining oldi olinişi hamda yöllarda harakat xavfsizligini ta’minlaş orqali fuqarolarning qonuniy manfaatlari samarali himoya qilinişiga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uçinçi öqişda qabul qilindi.












