AQŞ hukumati sönggi haftalarda Eron tomonidan AQŞ prezidentligiga nomzod Donald Trampga suiqasd tayyorlanayotgani haqida razvedka ma’lumotlariga ega böldi. Bu haqda 16 iyul, seşanba kuni manbalarga tayanib CNN xabar berdi. 

CNN suhbatdoşlariga köra, AQŞ Maxfiy xizmati Tramp saylovoldi ştabiga tahdid kuçayganligi haqida xabar bergan va Tramp Pensilvaniyadagi mitingda otişmada yaralangan 13 iyuldan oldin uning atrofida xavfsizlik çoralarini kuçaytirgan. Şu bilan birga, Trampni otgan Tomas Metyu Kruksning Eron fitnasiga qandaydir aloqasi borligi haqida heç qanday ma’lumot yöq, dedi telekanal manbalari. 

Razvedka agentligi Tramp saylovoldi ştabini oçiq havoda mitinglar ötkazmaslik haqida bir neça bor ogohlantirgan, çunki ular agentlik kirişni yaxşiroq nazorat qila oladigan tadbirlardan köra köproq xavf tuğdiradi, deya ta’kidlaydi CNN. 

Eron: Tramp - jinoyatçi, ammo fitna ayblovlari «asossiz» 

Eronning Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT)dagi missiyasi jurnalistlarga Trampga suiqasd tayyorlanayotgani böyiça ayblovlar «asossiz va ğarazli» ekanini aytdi. 

«Eron Islom Respublikasi nuqtayi nazaridan, Tramp general Sulaymoniyni öldirişga buyruq bergani uçun javobgarlikka tortilişi va sudda jazolanişi kerak bölgan jinoyatçi. Eron uni javobgarlikka tortiş uçun qonuniy yölni tanladi», - deydi missiya vakili. 

Tramp eronlik generalni öldirişni buyurgan 

Eronlik general Qosim Sulaymoniy 2020 yil 3 yanvarga ötar keçasi AQŞning Iroqdagi havo hujumi natijasida halok böldi. Havo hujumiga buyruqni öşa paytda AQŞ prezidenti bölgan Donald Tramp bergan. Eronlik yuqori martabali harbiy zobitning öldirilişi Bağdoddagi namoyişçilar AQŞ elçixonasiga bostirib kirişga uringanidan bir neça kun ötib sodir böldi. Vaşington diplomatik missiyaga hujum general Sulaymoniyning buyruği bilan amalga oşirilganini bildirdi. 

Eron bunga javoban Islom inqilobi muhofizlari korpusi tarkibidagi «Al-Quds» nufuzli bölinmasiga rahbarlik qilgan harbiy öldirilgani uçun qasos olişga va’da berdi. 

Pensilvaniyada Trampga suiqasd 

13 iyul kuni 20 yoşli Tomas Metyu Kruks AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampning Pensilvaniya ştati Batler şahrida saylovoldi taşviqoti mitingidagi çiqişi vaqtida unga qarata öq uzdi. Öq siyosatçi quloğining tepa qismiga tegdi. Otişma natijasida 50 yoşli erkak halok böldi, yana ikki qatnaşçi yaralandi. Ularning ahvoli barqaror, deb xabar berdi ştat politsiyasi. Hujum qilgan şaxs xavfsizlik kuçlari tomonidan otib öldirilgan.