“Baxti Taşkentskiy” işida sud hukmi öqilişi yaqin. 15 iyul kungi sud majlisida advokatlar va 37 nafar sudlanuvçi muzokara sözida nutq qildi. Şundan söng sudlanuvçilarga sönggi söz berildi.

“Baxti Taşkentskiy” işi böyiça navbatdagi sud majlisida sudlanuvçilarning sönggi sözi tinglandi.

Baxtiyor Qudratullayev sönggi sözida suddan panjara içida ötirganlarga yengillik qilib berişini söradi.

“Bizda yomon niyat bölmagan. Masalan, bir-biriga piçoq kötarmasin-tiqmasin, psixotrop tabletkalar va boşqalarga aralaşib qolmasin, degan ma’noda qilingan narsa bölgan. Bular “seryozniy” işlarga aralaşgan bolalar emas. Öğillarim ötiribdi, bittasi kasal.

Bu bolalarning ayrimlari uylangan, ayrimlari uylanmagan. Kimlarningdir qarib qolgan onaxonlari bor. Menga öxşab bularga ham armon bölib qolmasin: qamoqdan çiqişimdan bir yil oldin onam olamdan ötib qolgan, qabrga qöyolmaganman.

Biz terrorist, korrupsioner bölmaganmiz, odamxör emasmiz. Davlatga qarşi yurgan joyimiz yöq. Iloji bölsa, şu yerda ötirgan bolalarga yengillik qilib bersangiz”, dedi Baxtiyor Qudratullayev sönggi sözida.

Şuningdek, sudlanuvçilar orasida yagona ayol kişi bölgan Nargiza Jumaniyozova tört nafar farzandi borligini hisobga olib hukm çiqarişni söradi.

“Tuhmatlarga qoldim. Onamning yuzini yerga qaratdim. Ertaga qamaldi degan nomim bilan bolalarim qanday qilib boşini kötarib yuradi?! Ota-onamning közlariga qaraşim bor. Özbekçilikda bolalarim ortidan sovçilikka borişim bor. Bu öğrining “öynaş”i, qamalib çiqqan degan nom butun umr men bilan qoladi. Hammamiz uçun rahmdillik bilan hukm çiqaring”, degan Jumaniyozova.

Jinoyat işlari böyiça Yunusobod sudida sudya Tolibjon Obidov raisligida körilayotgan mazkur jinoyat işida sud hay’ati hukm çiqariş uçun maslahatxonaga kirdi.

Hukm 19 iyul kuni e’lon qilinişi kutilyapti.