Avvalroq, Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş va raqobat qömitasi tomonidan Korzinka supermarketlar tarmoği (“Anglesey Food” MÇJ)ga nisbatan iş qözğatilgani ma’lum qilingandi.
Bunga Korzinka supermarketlar tarmoği tomonidan «eng arzon narx» deb e’lon qilingan mahsulotlarning alohida turlari böyiça narxlar boşqa supermarketlar va dehqon bozorlarida sotilayotgan xuddi şu turdagi mahsulotlar narxlaridan farq qilmasligi sabab bölgandi.
Qömita Korzinka tomonidan tarqatilayotgan reklama axborotida “Kundalik xaridlarga eng arzon narx”, “Eng arzon narx – Korzinkaʼda”, “Eng unumlisiga keling!” degan iste’molçilarni çalğitadigan yoki çalğitişi mumkin bölgan jumlalardan foydalanilgan, deya ma’lum qilgandi.
Raqobat qömitasi xabariga köra, iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş va reklama töğrisidagi qonunçilik hujjatlari buzilişi yuzasidan işlarni körib çiqiş böyiça Maxsus komissiyasi tomonidan qözğatilgan işda Korzinka supermarketlar tarmoği brendi ostida faoliyat körsatuvçi “Anglesey Food” MÇJ XK aybdor deb topilib, unga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qöllaş yuzasidan sudga kiritiş böyiça qaror qabul qilingan.
“Şuningdek, unga uşbu reklama böyiça qonunbuzilişiga yöl qöyilgan holatlarni bir oylik muddatda bartaraf etiş yuzasidan bajarilişi majburiy bölgan körsatma berildi.
Vakolatli organning uşbu qaroridan norozi bölgan tomon sudga murojaat qiliş huquqiga ega. Barça tadbirkorlik sub’yekti vakillarini mamlakat iqtisodiyoti va aholining bandligini ta’minlaşdagi hissalarini qadrlagan holda, mamlakatimizda mavjud amaldagi qonunçilik hujjatlariga asosan qonuniy faoliyat olib borişlarini va jamiyatimizda demokratik qonuniy muhit şakllanişiga öz hissalarini qöşişlarini sörab qolamiz”, - deyiladi rasmiy xabarda.
Korzinka nima deydi?
Raqobat qömitasi Korzinka supermarketlar tarmoğiga nisbatan iş qözğatilganini ma’lum qilgaç, kompaniya asosçisi Zafar Hoşimov Telegram-kanalida “eng arzon narx” reklamasiga izoh berdi.
Hoşimov bu reklama kampaniyasi emas, bu Korzinka tarmoğining yangi narx siyosati, deya ma’lum qildi. Uning tuşuntirişiça, dastur endilikda doimiy ravişda amal qiladi.












