Ikki tomonlama muzokaralar yakunlangaç, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov yirik kooperatsiya loyihalarini işga tuşiriş marosimida iştirok etdilar.

Jumladan, Farğona va Namangan viloyatlarida umumiy quvvati 400 megavatt bölgan ikkita quyoş elektr stansiyasi qurilişiga start berildi. Uşbu stansiyalarda işlab çiqariladigan elektr energiyasi Qirğizistonga yetkazib berilişi közda tutilgan.

Çuy viloyatida zamonaviy yengil avtomobillar va tijorat texnikalari işlab çiqariş zavodi işga tuşirildi. Xususan, u yerda Cobalt, Onix va Tracker  rusumli yengil hamda yuk avtomobillari yiğiladi.

Şuningdek, Qora-Balta şahrida tikuv-trikotaj mahsulotlari va mato işlab çiqariş yölga qöyildi. Korxonaga zamonaviy texnologik uskunalar yetkazib berilib, örnatildi.

Özbekiston va Qirğiziston prezidentlari uşbu loyihalar mamlakatlarimiz örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni kengaytirişga xizmat qilişiga işonç bildirdilar.