Yilning birinçi yarmida Moskva sudlari migrantlar ma’muriy huquqbuzarliklari böyiça 27 mingga yaqin qaror çiqardi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Ma’lumotlarga köra, sudlar 3 iyundan 9 iyungaça bölgan davrda 2336 ta iş böyiça maksimal darajada köp qaror çiqargan, bu Krokus Siti Xolldagi teraktdan keyingi haftadagi qarorlardan deyarli 1,5 baravar köp (1441 ta qaror).

Umuman olganda, yil boşidan beri Moskva sudlari uçta ma’muriy modda böyiça 27 mingdan ortiq qaror çiqargan. Ular: «Çet ellik yoki fuqaroligi bölmagan şaxs tomonidan Rossiya Federatsiyasiga kiriş qoidalarini yoki Rossiyada böliş rejimini buziş», «Çet el fuqarosi tomonidan Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyati qoidalarini buziş» va «Ma’muriy çiqarib yuborişdan böyin tovlaş» moddalari.

Ötgan yilning şu davrida Moskva sudlari xuddi şu moddalar böyiça 23 mingdan ortiq qaror çiqargan. Yillik ösiş 17,4 foizni taşkil etgan.

Rossiya IIV statistik ma’lumotlariga köra, 2024 yil yanvar-aprel oylari davomida migratsiya qonunçiligi buzilişi holatlarini aniqlaş böyiça 100 mingta tadbir ötkazilgan. 2024 yil birinçi çoragida çet elliklar va fuqaroligi bölmagan şaxslarga nisbatan 676 mingdan ortiq ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisida bayonnomalar tuzilgan, bu ötgan yilga nisbatan 18,7 foizga köpdir. Migratsiya sohasidagi huquqbuzarliklar uluşi 490,1 mingtani taşkil etgan (ötgan yilga nisbatan 3,4 foizga köp).

Bundan taşqari, birinçi çorak yakunlari böyiça Rossiya hududidan çet elliklarni çiqarib yuboriş böyiça 38,54 mingta qaror qabul qilingan (bu ma’muriy tartibda çiqarib yuboriş va deportatsiyani öz içiga oladi). Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 28,5 foizga köpdir. Birinçi çorakda Rossiyadan 22 mingga yaqin xorijlik çiqarib yuborilgan, bu ötgan yilgidan (12 ming) deyarli ikki barobar köpdir.