16 iyul kuni oltin narxi rekord darajaga kötarildi, çunki sentabr oyida foiz stavkalarining pasayişi kutilmalari yombilariga talabni oşirdi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Oltin fyuçerslari sessiya davomida 2474,5 dollarlik yangi kunlik rekordni qayd etdi, şundan söng, savdolar bir unsiya uçun rekord darajadagi 2467,8 dollar narx bilan yopildi. Oltin fyuçerslari narxi bu yil 19 foizdan oşdi.

Oltinning spot narxi (bozor tölaşga tayyor bölgan eng yuqori narx) sessiya davomida bir unsiya uçun 2468,68 dollargaça kötarildi. London fond birjasi ma’lumotlariga köra, bu inflatsiyani hisobga olmaganda, 1968 yildan beri eng yuqori körsatkiçdir.

Oltin narxi şu yil boşida rekord darajaga yetdi, şundan söng, qimmatli qoğozlar foizlariga bölgan yuqori stavkalar tufayli, sarmoyadorlarning qimmatbaho metalga bölgan iştiyoqi biroz «sovigan» edi.

Biroq, iyun oyidagi inflatsiya körsatkiçlarining sust ekani va AQŞ Federal rezerv tizimi raisi Jyerom Pauellning bu yil stavkalar pasayişi haqidagi izohlaridan söng, oltinga bölgan qiziqiş yana ortdi. Şuningdek, dollar kursining pasayişi ham oltinga talabni oşirdi.