Trampni otişgaç odamlarda haqli savol paydo böldi: butun dunyodagi muammolarni hal qila olişini iddao qiladigan davlat qanday qilib sobiq va katta ehtimol bölajak prezidentini 20 yoşli havaskor otişiga yöl qöydi? Çindan harbiy budjeti trillion dollarga yetgan, dunyoda eng köp maxsus qöşinlarga ega Amerika qanday qilib salkam prezidentni otişlariga yöl qöyişi mumkin? BBC suiqasddagi xavfsizlik bilan boğliq fikrlarni jamladi.
Politsiya «haşarga çaqirilgan»
Suiqasd atrofidagi voqealarga qaraganda, aftidan, Amerikada ham taşkilotlarni «haşarga çaqiriş» tizimi mavjud körinadi. AQŞ Maxfiy xizmati rasmiy vakili Entoni Guliyelmining sözlariga köra, bu taşkilot agentlari miting kabi yirik tadbirlar xavfsizligini ta’minlaş uçun yetarli emas va ular politsiya yordamiga umid qilişadi. Bu gapdan kelib çiqadiki, prezidentlikka nomzodni qöriqlaş töğridan töğri politsiya vazifasiga kirmaydi va ular şunçaki Maxfiy xizmatga yordamçi ölaroq (ya’ni haşarga) jalb qilinadi.
Maxfiy xizmat vakiliga köra, taşkilot agentlari miting ötkazilgan maydon içkarisidagi xavfsizlik uçun javob bergan. Mahalliy politsiya esa atrofdagi obektlarni, xususan, qotil tomida bölgan binoni qöriqlaşi kerak edi. BBC bilan suhbatlaşgan mahalliy şerif ma’muriyati esa qotil foydalangan xususiy obekt uçun ular javobgar emasligini aytgan.
Şerif öz ixtiyorida bölgan barça resurslarni tadbirga jalb qilganini bildirgan. Unda Tramp ölişiga bir baxya qolgan fojia qanday sodir böldi? Xavfsizlik tizgini qayerda uzildi? Şerif Maykl Slup qöriqlaşni taşkil etişda xato bölganini tan olgan, lekin bunda aynan bir tomonni ayblaş töğri emasligini qöşimça qilgan.
Odamlar qurol bilan tomga çiqib ketgan qotilni payqagani, u haqda politsiyaga xabar bergani tasvirlangan video ham tarqaldi. Guvohlar e’lon qilgan videoda odamlar qotilni suiqasddan kamida ikki daqiqa avval körganini biliş mumkin. Ba’zi xabarlarga köra, Kruks tomga narvonda bemalol çiqib borgan.
Maxfiy xizmat direktori Kimberli Çitlga köra, Kruks Trampga öq uzgan bino içida politsiyaçilar bölgan. Mulozim bu gapi bilan qotil Trampga öq uzişida bevosita politsiyani ayblagan. Tabiiyki, amerikaliklarda Maxfiy xizmat agentlari va politsiya nega öz harakatlarini muvofiqlaştirmagani borasida savollar paydo bölgan. Qotil qanday qilib Trampga bu qadar yaqinda joyda qurol bilan paydo böldi, demoqçi amerikaliklar, xususan.













