Donald Trampni öldirişga uringan Tomas Kruks siuqasddan bir soat avval maxsus kuçlar e’tiborini tortgan. Ammo agentlar uni odamlar orasida yöqotib qöyişgan. Bu haqda AQŞ maxsus kuçlari vakillari Kongressdagi yopiq brifing vaqtida aytişgan.

«Unga şubhali şaxs sifatida qaraşgan, çunki uning qölida durbin va ryukzagi bölgan. Bu otişmadan bir soat avvalgi gap. Mantiqan qaraganda, mana şu bir soat davomida uni yöqotib qöymaslik kerak edi», degan senator Jon Barrasso uçraşuvdan keyin Fox News bilan suhbatda.

Yopiq uçraşuvda Trampni otgan Tomas Kruks suiqasd amalga oşirilgan yarmarka maydoniga bungaça ham kamida bir marta borgani aytilgan.

Maxsus xizmat vakillari uning telefonini buzib kirişga muvaffaq bölişgan. Qotil telefoni orqali depressiyaga tuşiş simptomlari, Tramp va Baydenning suratlarini izlagan. Şuningdek, qidirilgan suratlar orasida AQŞ boş prokurori Merrik Harland va Britaniya qirollik oilasi vakillari ham bor.

Kruks Steam öyinlar platformasida 13 iyul kuni «primera ötkazişi» haqida yozgan. Aynan şu kuni u Trampni otgandi.

Suriştiruvda qatnaşayotgan va nomi sir qolişini söragan odamlardan biri CBS telekompaniyasi bilan suhbatda mitingni qöriqlaşda qatnaşgan mahalliy organlardan birining mergani Tomas Kruks durbindan qarab turganini payqagaç, bu haqda tezda boşqaruv punktiga xabar berganini aytgan. Mergan Kruks bino oldiga borib uni kuzatgani va yaşiringanini körgan. Keyin qotil yana paydo bölib, telefoniga qaragan. Şundan söng durbindan qaraşi bilan ratsiya orqali boşqaruv punktiga xabar bergan.

Bu xabardan keyin Tomas Kruksni kuzatişga buyruq berilgan. Hatto qöşimça kuç yuborilişi söralgan va u binoning ğarbiy qismiga yöl olgani aytilgan. Bu vaqtda Kruks merganlar ötirgan bino ustiga çiqib ketişga ulgurgan.

Kruks tomida bölgan bino içida qöriqlaşda qatnaşayotgan uç nafar mergan ham bölgan.

Brifingda Maxfiy xizmat mergani Kruksni u Trampga öq uzganidan 26 soniya ötib otib öldigani aytilgan. Brifingda qatnaşgan Federal tergov byurosi direktori Kristofer Reyning aytişiça, jinoyat motivi hamon aniqlanmagan. Şuningdek, huquq-taribot organlari qotil xorijdan kimdir bilan gaplaşgani, kimdandir buyruq olgani haqida heç qanday ma’lumotga ega emas.

Yopiq brifingda qatnaşgan respublikaçilar Maxfiy xizmat qotilni odamlar orasida yöqotib qöyganidan jahli çiqqan. Ular şubhali şaxs odamlar içiga kirib ketgan holatda nega Trampga sahnaga çiqişga ruxsat berilganini söragan. Respublikaçilar brifingda aytilgan ma’lumotlar yetarli emas deb hisoblagan va Maxfiy xizmat direktori Kimberli Çitl iste’foga çiqişini talab qilgan.