Bugun Baxtiyor Qudratullayev va boşqalarga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi.Uşbu jinoyat işi JIB Şayxontohur tuman sudining raisi T.Obidov raisligida birinçi instansiya sudida körib çiqildi.

Oliy sud matbuot xizmatining xabar berişiça, sud hukmiga köra sudlanuvçilarga quyidagiça jazo tayinlangan:

  • B.Qudratullayev – (1971 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “g” bandi, 109-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 168-moddasi 4-qismi “v” bandi, 242-moddasi 1-qismi, 243-moddasi va 276-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan B.Qudratullayev öta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi. Jinoyat kodeksining 96-moddasiga muvofiq B. Qudratullayevga jazoni ötaş vaqtida giyohvandlikdan davolanişning majburiy çoralari qöllanilişi belgilandi;
  • Ş.Qurbonov – (1964 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi;
  • B.Zafarov – (1994 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandi va 168-moddasi 4-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi;
  • Ş.Raximov (1981 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandi, 168-moddasi 4-qismi “v” bandi va 276-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 17 yil