Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudida “Baxti Taşkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevga sud hukmi öqildi.

Baxtiyor Qudratullayev Jinoyat kodeksining qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi.

53 yoşli Baxtiyor Qudratullayev Jinoyat kodeksining quyidagi moddalarida ayblanayotgan edi:

  • 104-modda 3-qism “g” bandi (uyuşgan guruh a’zosi tomonidan yoki şu guruh manfaatlarini közlab sodir etilgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş / 8 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi);
  • 109-modda 2-qismi (soğliqning qisqa vaqt, ya’ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan köp bölmagan muddatga yomonlaşuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining unça uzoq bölmagan muddatga yöqotilişiga sabab bölgan qasddan badanga yengil şikast yetkaziş / bazaviy hisoblaş miqdori (BHM)ning 25 baravaridan 50 baravarigaça miqdorda jarima yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 1 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 1 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi);
  • 138-modda 1-qismi (birovni zörlik işlatib ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qiliş / BHMning 50 baravarigaça miqdorda jarima yoki 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi);
  • 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (tovlamaçilik / 10 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi);
  • 168-modda 4-qismi “a” va “v” bandlari (firibgarlik / BHMning 400 baravaridan 600 baravarigaça miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi);
  • 228-modda 2-qismi “a”, “b” bandlari (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş / 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi);
  • 228-modda 3-qismi (hujjatning qalbaki ekanini bila turib, undan foydalaniş / BHMning 25 baravaridan 50 baravarigaça miqdorda jarima yoki 300 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 2 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 2 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi);
  • 242-modda 1-qismi (jinoiy uyuşma taşkil etiş, ya’ni jinoiy uyuşma yoxud uning bölinmalarini tuziş yoki unga rahbarlik qiliş, şuningdek, ularning mavjud bölişi va işlab turişini ta’minlaşga qaratilgan faoliyat / 15 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi);