Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi tomonidan Rossiyaning «Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd» kompaniyasiga nisbatan narx manipulyatsiyasi alomatlari bilan qözğatilgan iş natijalari e’lon qilindi.

Qömitaning maxsus komissiyasi xulosasiga köra, «Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd» kompaniyasi «Raqobat töğrisida»gi qonuni hamda «Birja savdolarida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni sotiş tartibi töğrisida»gi nizom talablarini buzgan.

Raqobat qömitasi tomonidan kompaniya asossiz olingan mablağlarni qaytarişi kerakligi töğrisida qaror qabul qilindi va qonunbuzilişlarni bartaraf etiş va keyinçalik yöl qöymaslik yuzasidan bajarilişi majburiy körsatma berildi.

Qayd qilinişiça, uşbu qarordan norozi bölgan tomon qömitaning apellyatsiya kengaşiga yoki sudga murojaat qiliş huquqiga ega.

Avvalroq, Raqobat qömitasi tomonidan «Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd» kompaniyasining birja savdolari orqali texnik oltingugurt mahsulotini realizatsiya qilişda, şu jumladan birja savdolarida mahsulot hajmlarini nomuvofiq qöyiş kabi manipulyatsiya holatlari orqali mahsulot narxini sun’iy oşişiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlangan edi. Oqibatda birja savdolarida texnik oltingugurt mahsuloti narxlari örtaça 10 foizdan 50 foizgaça oşişiga sabab bölgani qayd etildi.