Rossiya Tergov qömitasi Davlat dumasiga «migratsiya sohasidagi jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va migratsiya siyosatini takomillaştiriş böyiça takliflar» yubordi. Bu haqda 19 iyul, juma kuni mahkama özining rasmiy Telegram-kanalida ma’lum qildi. Qayd etilişiça, takliflar RF Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikin nomidan tayyorlangan.
Tergov qömitasi fuqarolikni olib qöyiş uçun yangi asoslar qöşib, «mahalliylaştirilgan fuqarolarni fuqarolikdan mahrum qiliş masalasini yanada qat’iy tartibga solişni» taklif etdi. Xususan, Rossiya Federatsiyasi pasportini «qasddan har qanday oğir yoki öta oğir jinoyatga tayyorgarlik köriş, unga suiqasd qiliş yoki sodir etiş» uçun musodara etiş taklif qilinmoqda. Tergov qömitasi, şuningdek, jinoyat sodir etiş paytida Rossiya hududida noqonuniy böliş jihatini oğirlaştiruvçi holat sifatida tan olişni taklif qildi.
Şuningdek, bir qator çora-tadbirlar taklif etilmoqda, ular mamlakatga kelayotgan va mamlakatdan çiqib ketayotgan xorijliklar ustidan nazoratni kuçaytirişga yordam beradi, deyiladi xabarda. Potensial çora-tadbirlar qatorida Tergov qömitasi biometrik, barmoq izlari, genomik röyxatga oliş, iş va yaşaş joyini raqamli röyxatga oliş, şuningdek, çet elliklar uçun «rezina kvartiralarda» ommaviy röyxatga olişni taqiqlaş masalasini körib çiqmoqda. «Rossiya fuqaroligiga ega bölganlar uçun Rossiya pasportini oliş tartibini harbiy röyxatga oliş bilan bir vaqtda sinxronlaştiriş muhim», - deya qöşimça qildi Tergov qömitasi.
Xabarda, şuningdek, mahkama xorijliklarni yollagan «iş beruvçilarga ma’lum mas’uliyat yuklovçi takliflar taqdim etişi» qayd etilgan. Aynan qanday takliflar haqida gap ketayotgani aniq emas.
Volodin: Davlat dumasi migratsiya böyiça 25 ta qonun loyihasini körib çiqmoqda
Şu kuni Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin özining Telegram-kanalida hozirda «migratsiya nazoratini tartibga soliş, çet el fuqarolarining huquqiy maqomini belgilaş, fuqarolikni beriş bilan boğliq masalalarga qaratilgan» 25 ta qonun loyihasi mavjudligini ma’lum qildi. Ular Rossiya parlamentining quyi palatasida körib çiqilmoqda.
Volodinning sözlariga köra, Davlat dumasi Rossiya Federatsiyasida noqonuniy bölgan muhojirlarni çiqarib yuboriş tartibi töğrisidagi qonun loyihalarini ikkinçi öqişda körib çiqişni rejalaştirmoqda. Bundan taşqari, u Davlat dumasi «noqonuniy migratsiyani taşkil etganlik uçun jinoiy javobgarlikni kuçaytiriş töğrisida» federal qonunlar loyihalarini işlab çiqiş va körib çiqiş uçun taqdim etişini e’lon qildi. Ular orasida «migrantlarga noqonuniy xizmatlar körsatiş böyiça takliflarni öz içiga olgan internet-resurslarni suddan taşqari bloklaş», şuningdek, «vositaçi taşkilotlarning migrantlar uçun imtihonlarda iştirok etişini töliq taqiqlaş» bor.












