Buxoroda xorijdagi eriga jahl qilib, bolalarini kaltaklagan ayolga jazo qo‘llandi
Bolalar ombudsmani bolalarda jarohat aniqlanmagani va unga nisbatan jarima qo‘llanganini bildirdi. Ayol «farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ona» sifatida ro‘yxatga olindi.

Foto: Videodan kadr
Buxoro viloyati Jondor tumanida ayol xorijdagi eri ularning holidan xabar olmayotgani va yetarlicha pul jo‘natmayotganiga jahl qilib, 3–4 yoshli qizlarini kaltaklagandi. Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning ma’lum qilishicha, ushbu ayolga nisbatan jarima qo‘llandi.
Uning ma’lum qilishicha, 2020 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan O‘.S. va 2021 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan O‘.S.da hech bir darajadagi tan jarohati aniqlanmagan.
Shu bilan birga, I.M.ning o‘z bolalariga nisbatan nomaqbul harakatlarida MJtKning 47-moddasi 1-qismida (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari aniqlanib, joriy yilning 20 iyul kuni tegishli jarima jazosiga tortildi va farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ona sifatida ro‘yxatga olindi.
O‘z farzandlariga ziyon yetkazishini oldini olish maqsadida onaga nisbatan maxsus ijtimoiy choralar ko‘riladi.
«Holat 9 iyul kuni Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi ayol I.M. tomonidan sodir etilgan. Uning turmush o‘rtog‘i N.B. bir necha yildan buyon xorijda ishlab kelayotgan bo‘lib, eri oilasidan xabar olmayotgani, yetarlicha pul jo‘natmayotganidan jahli chiqib, ayol qizlari O‘.S. (2020 yilda tug‘ilgan) va O‘.S. (2021 yilda tug‘ilgan)ni urib, kaltaklab, videotasvirga olgan va eriga jo‘natgan», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi
Jahon | 00:43
-
Niderlandiya qiroli mamlakatni «tish-tirnog‘igacha qurollantirishga» chaqirdi
Jahon | 00:22
-
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi
Jahon | 23:58 / 24.04.2025
-
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi
Jahon | 23:25 / 24.04.2025
Mavzuga oid

16:31 / 30.01.2025
Buxoroda Cobalt YPX xodimini urib ketdi

10:57 / 23.01.2025
Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi

20:43 / 27.12.2024
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

12:33 / 13.12.2024