Bakalavr va magistratura qabuli uçun jami 44 ming 203 ta davlat granti örinlari ajratildi.
Prezidentning 2024 yil 19 iyuldagi 36-sonli farmoyişi bilan 2024/2025 öquv yili uçun davlat oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi.
Unga köra:
– bakalavr kunduzgi ta’lim şakliga – 34 ming 838 nafar;
– magistrlar tayyorlaş böyiça – 9 ming 365 nafar grant örinlari ajratildi.
Prezident farmoyişi bilan tasdiqlangan joriy yilgi kvotalarning avvalgilaridan bir qança farqi bor:
- Birinçidan, kvotalar OTMlar kesimida emas, balki yönalişlar kesimida e’lon qilindi;
- Ikkinçidan, kvotalar faqat davlat granti uçun e’lon qilindi, tölov-kontrakt uçun yöq;
- Uçinçidan, kvotalar faqat kunduzgi ta’lim şakli uçun e’lon qilindi, sirtqi, keçki va masofaviy uçun yöq.
Huquqşunos bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev yangi tizim böyiça ayrim tuşuntirişlar berib ötdi.
Batafsil kvotalar qaçon va kim tomonidan e’lon qilinadi?
Batafsil kvotalar Davlat qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi. Odatda bu yana 1 haftaça muddatni talab qiladi. Ya’ni Prezident umumiy kvotani tasdiqlagaç, batafsil kvotalarni yana kutişga töğri keladi.
Davlat qabul komissiyasi nimalarni tasdiqlaydi?
Davlat qabul komissiyasi 2024/2025 öquv yili uçun quyidagilarni tasdiqlaşini kutiş kerak:
➖umumiy qabul parametrlarini (oliygohlar, ta’lim şakllari va tillar kesimida);
➖qöşimça qabul parametrlarini (imtiyozga ega abituriyentlar uçun);
➖maqsadli qabul kvotalarini va uşbu kvotalarning tuman (şahar)lar kesimidagi taqsimotini;
➖öqişga qabul qilişning minimal ötiş ballini;
➖umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining uluşini.












