Qarşi şahrida joylaşgan korxonaning işlab çiqariş binosi yonib ketdi. Qaşqadaryo viloyati FVB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 20 iyul kuni sodir bölgan.
Şu kuni soat 18.00 larda Qarşi şahar FVBga "ALP TEXNO SERVIS" xususiy korxonasiga qaraşli işlab çiqariş binosida yonğin bölayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, qutqaruv xizmatidan barça zarur kuç-vositalar soat 18:10 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat taxminan 20:10 larda töliq öçirilgan.
Yonğin oqibatida MÇJ binosining taxminan 1 600 metr kvadrat maydoni yonib zarar körgan. Öz vaqtida körilgan çoralar natijasida binoning 1 500 metr kvadrat maydoni qismi yonğindan asrab qolingan.
Qayd etilişiça, hodisa oqibatida heç tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq. Hozirda yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.












